
Futbol olamida yangi sensatsiya yaqinlashmoqda — 39 yoshli tajribali yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatini Italiyada davom ettirishi kutilyapti. Jurnalistlarning yozishicha, u do‘stona muhitga ega “Milan” bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.
Italiyaning mashhur sport nashri — La Gazzetta dello Sport ma’lum qilishicha, xorvatiyalik yulduz yangi jamoasida 14-raqamni tanlagan. Qizig‘i shundaki, aynan shu raqam Modrichning “Tottenxem”dagi faoliyati davomida unga omad keltirgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Luka Modrich “Milan” bilan bir mavsumga mo‘ljallangan shartnoma tuzadi va 2026 yil yoziga qadar “rossonerilar” safida to‘p surishi kutilmoqda. Ammo klub bu mavsumda Yevropa turnirlarida ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich shu yil yozida 13 mavsumdan keyin “Real Madrid” jamoasini tark etdi. U ispaniyaliklar safida 19 va 10-raqamlarda to‘p tepib, klub bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Italiyadagi faoliyati Modrich uchun qanday imkoniyat va muvaffaqiyatlar olib kelishi hozircha noma’lum — buni faqat vaqt ko‘rsatadi. Ammo futbol ishqibozlari uning yana yuqori saviyada o‘ynashini kutib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar