
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi himoyachisi Abdulla Abdullayev o‘z faoliyatini yana xorijda davom ettiradigan bo‘ldi. Tajribali futbolchi Birlashgan Arab Amirliklarining “Dibba Al Fujayra” klubi bilan shartnoma imzoladi va yangi jamoasida 8-raqamli formada to‘p suradi.
27 yoshli himoyachi uchun bu BAA chempionatidagi ikkinchi tajriba bo‘ladi. Avvalroq u “Xorfakkan” klubi sharafini himoya qilgan edi. O‘tgan yilning yozida u “Paxtakor” safiga qaytib, joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan.

Abdullayevning yana legioner sifatida BAAga qaytishi, shubhasiz, uning shaxsiy rivoji va tajribasini yanada boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday qadam milliy terma jamoamiz safidagi o‘yinlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muxlislarimiz endi yangi mavsumda “Dibba Al Fujayra” jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlarni qiziqish bilan kuzatishi tabiiy. Abdulla Abdullayevga yangi jamoasida muvaffaqiyat va omad tilaymiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar