date

"Nyukasl" tarixidagi eng qimmat transfer yaqinlashmoqda

"Nyukasl" tarixidagi eng qimmat transfer yaqinlashmoqda
Angliyaning “Nyukasl” klubi yozgi transferlar o‘yini doirasida Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” klubida to‘p surayotgan fransiyalik hujumchi Yugo Ekitekega jiddiy qiziqish bildirmoqda. ESPN’ning xabar berishicha, tomonlar 80 million yevrolik shartnoma borasida kelishuvga yaqin turibdi.

. 23 yoshli iqtidorli futbolchining vakili ayni damda Angliyada bo‘lib, transferni yakunlash ustida muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ekiteke “Nyukasl” bilan 5 yillik shartnoma tuzishga rozilik bildirgan va yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

. Agar bu transfer rasmiylashsa, u holda Ekiteke “Nyukasl” tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Bungacha klub eng katta mablag‘ni 2022 yilda ispan klubi “Real Sosedad”dan Aleksandr Isakni 70 million yevroga sotib olishga sarflagan edi.

. Shuningdek, Yugo Ekitekening sobiq klubi — Parijning “PSJ” jamoasi bu kelishuvdan 20 foiz ulush oladi. Bu esa klub moliyaviy jihatdan ham yutqazmasligini anglatadi.

. Ushbu mavsumda Ekiteke “Ayntraxt” safida Germaniya Bundesligasida 33 o‘yinda maydonga tushdi, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. Uning bu ko‘rsatkichlari Yevropa top-klublari e’tiborini tortishga sabab bo‘ldi.

. “Nyukasl” murabbiylar shtabi Ekitekedan katta umid qilmoqda. U klubning hujum chizig‘ini kuchaytirish, raqobatni oshirish va yangi mavsumda kuchli natijalarga erishishda muhim bo‘g‘in sifatida ko‘rilmoqda.

. Hozircha “Nyukasl” tomonidan rasmiy e’lon berilmagan, biroq manbalar kelishuv nihoyasiga yetayotganini ta’kidlashmoqda. Yaqin kunlarda futbolchining taqdiri borasida yakuniy qaror kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nyukasl" tarixidagi eng qimmat transfer yaqinlashmoqda