date

Modrich nega “Milan”ni tanlaganini oshkor qildi

Modrich nega “Milan”ni tanlaganini oshkor qildi
39 yoshni qarshi olgan xorvatiyalik maestro Luka Modrich nima uchun faoliyatini “Milan” jamoasida davom ettirishga qaror qilganini ma’lum qildi.

"Yevropada qolish va yana bir necha mavsum yuqori darajada to‘p surish niyatim bor edi. Ro‘yxatda boshqa takliflar ham bor edi, biroq aynan "Milan" taklifi kelganida hammasini angladim – bu men kutayotgan imkoniyat ekan. Ular Xorvatiyaga kelib, o‘z loyihalarini, rejalarini taqdim etishdi. Bu e’tibor meni juda ta’sirlantirdi. "Milan" kabi klubga qo‘shilish — har qanday futbolchi uchun sharaf. Ularning tarixiy yo‘li, Yevropa maydonlaridagi o‘rni bu qarorimni osonlashtirdi", — deya ta’kidladi Modrich klub matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 13 yil davomida “Real Madrid” safida to‘p surib, klub tarixidagi eng ko‘p sovrin yutib olgan futbolchiga aylangandi. Endi u “rossonerilar” safida o‘zining boy tajribasi bilan yangi sahifa ochish arafasida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Modrich nega “Milan”ni tanlaganini oshkor qildi