
Madridning mashhur “Real” klubi 2024/25 mavsumda tarixiy darajada yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishdi. Klub umumiy 1,1 milliard yevro daromad ko‘rsatdi, bu o‘tgan mavsumga nisbatan 10 foizga ko‘p, deb xabar berdi Kursiv.media.
Soliqlardan oldingi foyda va transferlarsiz daromad 208 million yevroga teng bo‘ldi. Transferlar hisobga olingan holda esa 243 million yevroga yetdi.
Sof foyda 24,3 million yevro bo‘lib, bu o‘tgan yildagiga qaraganda 56 foizga ko‘p.
Klubning moliyaviy holati barqaror: sof qarz bor-yo‘g‘i 11,7 million yevro, bank hisoblarida esa 165,7 million yevro mavjud. Bu o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘p. Bundan tashqari, “Real” 425 million yevrogacha kredit resurslariga ega.
Daromadlar o‘sishiga asosiy sabablardan biri — “Santiago Bernabeu” stadionining rekonstruksiyadan keyin to‘liq ishlay boshlagani bo‘ldi. Biletlar va tijorat daromadi 38 foizga o‘sdi. Stadionni yangilash ishlari uchun 1,34 milliard yevro sarflangan bo‘lsa, kredit qarzi 1,13 milliard yevroni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, klub davlat byudjetiga 356,2 million yevro miqdorida soliq va ijtimoiy to‘lovlarni o‘tkazdi.
Sport natijalari ham yuqori bo‘ldi: “Real” UEFA Superkubogi va Interkontinental kubokni yutdi, Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi, Klublar jahon chempionati yarim finaliga yetdi, Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi va La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar