date

Yoaxim Lyov va O‘zbekiston: mashhur murabbiy atrofidagi muhokamalar kuchaymoqda

Yoaxim Lyov va O‘zbekiston: mashhur murabbiy atrofidagi muhokamalar kuchaymoqda
Yaqin Sharq sport media maydonida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga 2014 yilgi jahon chempioni bo‘lgan mashhur nemis murabbiyi Yoaxim Lyovning bosh murabbiy sifatida kelishi mumkinligi haqidagi yangiliklar shov-shuvlarga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi parsfootball.com. Ayrim Fors nashrlari o‘z sharhlarida bu xabarni katta qiziqish bilan qarshi oldi va milliy terma jamoani yangi bosqichga olib chiqishga umid bildirishdi.

Shu munosabat bilan, musobaqalarda Germaniya bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan Lyovning “Paxtakor” klubi rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan suratda qo‘l berib ko‘rishgani e’lon qilingani ham e’tibor markaziga tushdi. Ushbu surat, Fors manbalariga ko‘ra, Lyovning O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan olib borilayotgan muzokaralardagi ilk natijalari sifatida talqin qilindi.

“Biz Galenoi va Afozali bilan Mundialga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, O‘zbekiston terma jamoasi aynan jahon chempioni bo‘lgan murabbiy bilan kelishuvga erishdi. Yoaxim Lyovning tez orada bosh murabbiy sifatida ish boshlashi kutilyapti”, — deb yozdi Fors nashrlari. Shu bilan birga, ayrim sharhlarda mintaqa futbolining ko‘p sohada dunyodan ortda qolayotgani, hech bo‘lmaganda, tajribali mutaxassis orqali yangi bosqichga chiqish imkoniyati yaratilayotgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda 2024 yilning 4 dekabr kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev va Yoaxim Lyovning birga tushgan surati tarqalgan edi. Bu tasvir aynan Lyovning O‘zbekistondagi faoliyati borasidagi mish-mishlarga yanada ko‘proq yoqilg‘i bo‘ldi.

Tahlilchilar fikricha, agar ushbu kelishuv amalga oshsa, O‘zbekiston milliy jamoasida yangi davr boshlanishi, tajribali mutaxassis orqali futbolchilarning professional o‘sishi va xalqaro maydonda raqobatbardoshligi oshishi mumkin.

Muxlislar esa bu yangilikni katta qiziqish bilan kuzatmoqda — chunki Yoaxim Lyov ismi nafaqat Yevropa, balki Osiyo futboli uchun ham yangi sahifa ochishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yoaxim Lyov va O‘zbekiston: mashhur murabbiy atrofidagi muhokamalar kuchaymoqda