date

Jeydon Sancho "Yuventus" uchun MYUda hammasini qurbon qildi

Jeydon Sancho "Yuventus" uchun MYUda hammasini qurbon qildi
Jeydon Sancho faoliyatida navbatdagi yirik burilishga juda yaqin turibdi. Turinning mashhur klubi — “Yuventus” unga qattiq qiziqish bildirgan va hozirda tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik hujumchi bilan shaxsiy shartnoma masalasida kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, Sancho “Yuventus” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va har mavsum uchun 6 million yevro maosh oladi. Bu mablag‘ga bonuslar kiritilmagan — ular keyingi muzokaralarda tasdiqlanishi kutilmoqda.

Hozirgi paytda transfer bo‘yicha so‘nggi tafsilotlar kelishilmoqda. Turinliklar futbolchining agentlari bilan muzokaralarni yakunlash arafasida va yaqin kunlarda rasmiy e’lonni amalga oshirish niyatida. Bu jarayonda klub “Manchester Yunayted” rahbariyatini ham ro‘baro‘ qilayotgan bo‘lib, shartnoma narxi va qo‘shimcha to‘lovlar (bonuslar, chiqish puli va boshqa moddalar) yuzasidan murosaga kelishga harakat qilinmoqda.

Sanchoning o‘zi esa yangi sahifa ochishga shoshilayotgan ko‘rinadi. U “Manchester Yunayted” tarkibidan chiqarilgan, Shvetsiyadagi “Lids”ga qarshi bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi uchun tarkibga kiritilmagan va AQSHdagi yozgi safarga ham jalb etilmagan. Bu holat Sancho uchun MYUdagi imkoniyatlar to‘liq tugaganini anglatadi.

“Yuventus” avvalroq Sancho uchun 15 million funtlik taklif bilan chiqqan. Ammo bu summa “Manchester Yunayted” rahbariyatini qoniqtirmagandi. Endi esa italiyaliklar muzokaralarda yangi usulni qo‘llamoqda: ular chiqish pulining bir qismini o‘z zimmasiga olish va bonuslarni to‘lash orqali kelishuvni amalga oshirishga intilmoqda.

E’tiborlisi shundaki, futbolchining o‘zi ham transfer sodir bo‘lishi uchun tashabbus ko‘rsatmoqda. U “Yuventus” safiga qo‘shilishni shunchalik istayaptiki, hatto maoshini ikki barobarga kamaytirishga tayyor ekanini bildirgan. Bu holat Sancho uchun asosiy maqsad o‘yin amaliyoti va ishonchli muhit ekanini tasdiqlaydi.

Ta’kidlash joizki, Jeydon Sancho “Manchester Yunayted” safida to‘liq ochila olmadi. Murabbiylar bilan kelishmovchilik, jarohatlar va raqobat unga to‘sqinlik qildi. Endi esa u Italiyada o‘ziga xos qayta tug‘ilishni boshlash arafasida turibdi.

Futbol jamoatchiligi esa ushbu transferning yakunlarini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Agar bu kelishuv amalga oshsa, Sancho uchun bu so‘nggi imkoniyatlardan biri bo‘lishi mumkin — o‘zini qayta isbotlash, maydonda hukmronlik qilish va muxlislar ishonchini qozonish uchun.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jeydon Sancho "Yuventus" uchun MYUda hammasini qurbon qildi