Aleksander Isak "Nyukasl"da qolish yoki yangi klubga o‘tish haqida o‘ylamoqda. Futbolchi rahbariyatga boshqa jamoalar taklifini ko‘rib chiqmoqchi ekanini bildirgan. "Liverpul" Isakni o‘zida ko‘rishni xohlayapti.
Yugo Ekitike transferiga qaramay, "qizillar" Isak bo‘yicha muzokaralarni davom ettiryapti. Manbalarga ko‘ra, Isak "Liverpul"dan taklif olsa, rozilik bildiradi. Shartnoma shartlari borasida kelishuv yo‘qligi aytilgan.
Futbolchining agentlari bilan muzokaralar Ekitike bitimidan oldin boshlangan. "Liverpul" Isak uchun Angliya futboli tarixidagi rekord to‘lovga tayyor ekanini bildirgan. "Nyukasl" esa futbolchini jamoada saqlash uchun yangi shartnoma taklif qilmoqda.
Asosiy muammo — Isakning yuqori maosh talabi. Isak bu mavsumda APLda eng samarali hujumchilardan biri bo‘ldi. Uning o‘yini Yevropa klublarining e’tiborida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!