“Yuventus”ning sobiq bosh murabbiyi Andrea Pirlo yangi vazifada ish boshladi. Endi u “Yunayted” jamoasida shunday pozitsiyani egalladi.
Bu haqda BAA klubi matbuot xizmati rasman ma’lumot berdi. Kelishuv shartlari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berilayotgani yo‘q, faqat Pirlo allaqachon Dubayga kelib ulgurgani va yaqin kunlarda yangi mavsum uchun jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlashi aytib o‘tildi.
Futbol olamida taniqli bo‘lgan 46 yoshli murabbiy, Italiya terma jamoasi bilan 2006 yilgi jahon chempionatida g‘oliblikka erishgan. Pirlo murabbiylik faoliyatini 2020 yildan boshlab, “Yuventus”, “Fotih Karagyumruk” va “Sampdoriya” kabi klublarda ishlagan. 2024 yil yozida esa u so‘nggi ish joyidan ozod etilgan.
Andrea Pirlo uchun BAAdagi yangi bosqich katta mas’uliyat va imkoniyatlar eshigini ochadi. Muxlislar esa undan yangicha g‘oyalar va klubni yangi darajaga olib chiqishini kutishmoqda. Jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni yaqin kunlarda boshlanadi.
Andrea Pirlo Dubay klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar