date

"Manchester Siti" qudratini tiklash: tarkibda yoshlar va tajriba uyg‘unligi

"Manchester Siti" qudratini tiklash: tarkibda yoshlar va tajriba uyg‘unligi
Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” navbatdagi mavsumda eng nufuzli sovrinlar uchun kurashni yanada kuchaytirishga intilayapti. Angliya futboliga bag‘ishlangan esteemedkompany.com portali ekspertlari jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligini atroflicha tahlil qildi. Ayniqsa, Abduqodir Husanov singari yosh iqtidorlar uchun bu mavsum juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Jamoaning bu yilgi tarkibida faoliyatining yuqori nuqtasiga chiqqan Bernardu Silva, Jon Stounz, Natan Ake, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundog‘an kabi tajribali ustalardan tortib, Erling Xoland, Jeremi Doku, Fil Foden, Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Niko Gonsales, Tijani Reynders, Rayan Sherki, Rayan Ayt-Nuri, Niko O'Reyli singari yoshlargacha jamoaviy birlik va raqobat hozirlangan.

Pep Gvardiola yillar davomida o‘zgacha tafakkur bilan tarkibni shakllantirib, yoshlar va tajribali futbolchilar o‘rtasida muvozanat yarata oldi. Bu mavsumda “Siti” 60-70 ta o‘yinda maydonga chiqishi kutilayapti va bunday zich taqvimda har bir futbolchining hissasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Yarim himoyada avlodlar almashinuvi
Tijani Reynders yangi mavsumda yarim himoyada asosiy rollarning birini oladi. U Ilkay Gyundog‘an, Bernardu Silva yoki Mateo Kovachichdan birining o‘rnini egallaydi. Niko Gonsales, Rodri, Niko O'Reyli va Riko Lyuis ham katta imkoniyatlarga ega. Faxriy o‘yinchilarga bog‘liqlikni kamaytirish uchun Xosep Gvardiola yoshlarga e’tibor qaratishi kutilyapti.

Hujumda yoshlik va kreativlik
Kevin de Bryuyne safdan chiqqanidan keyin hujumda mas’uliyat Fil Foden va Rayan Sherki zimmasiga tushadi. Ayniqsa, Foden o‘tgan mavsumdagi pasayishdan keyin yana yuqori sport formasiga qaytishni maqsadni qilgan. Jeremi Doku, Savino va Oskar Bobb esa markazdagi Erling Xoland va Umar Marmushga samarali paslar yetkazib berishda muhim rol o‘ynaydi.

Oldingi chiziq vakillarining barchasi faoliyatida yuqori bosqichga qadam qo‘yishga tayyor yoshlardir. Erling Xoland va Um ar Marmush esa, yoshlarni o‘z ortidan ergashtiradigan, ularga ilhom bag‘ishlaydigan ko‘pni ko‘rgan o‘yinchilardir. Bu futbolchilar yordamida “Manchester Siti” mavsumni juda zo‘r o‘tkazishi mumkin.

Himoyada barqarorlik va energiya
Ruben Diash, Jon Stounz, Natan Ake, Manuel Akanji kabi ustalar yonida Yoshko Gvardiol, Rayan Ayt-Nuri, Abduqodir Husanov va Vitor Reys kabi yoshlar ham o‘z so‘zini aytishi mumkin. Mateush Nunesh esa, o‘zining eng yuqori darajasiga yaqinlashayotgan o‘yinchi hisoblanadi. Kattalarning tajribasi va yoshlikning uyg‘unligi himoya chizig‘idagi mustahkamlikni ta’minlaydi.

Darvozabonlar qatorida o‘zgarishlar kutilyapti
Darvoza posboni sifatida Ederson va Shtefan Ortega hozircha asosiy nomzodlar. Biroq, yozgi transferlardan so‘ng bu bo‘limda ham yangi qadamlar kuzatilishi mumkin.

Xulosa
Gvardiolaning asosiy strategiyasi — tarkibdagi hamma futbolchini ishga solish, yoshlar va tajribali o‘yinchilarni uyg‘unlashtirib, har bir uchrashuvga yangi ruh, yangi kuch bilan chiqish. Mavsum yakunida esa barcha futbolchi va murabbiylar jamoaviy mehnat samarasiga hissa qo‘shadi.

Eng muhim jihati: “Manchester Siti” bu mavsumda ham qudratini tiklash, yangi sovrinlar yo‘lida birga harakat qilishga tayyor ekanini yana bir bor namoyon qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" qudratini tiklash: tarkibda yoshlar va tajriba uyg‘unligi