O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Mirabror Usmonov kubogi-2025 musobaqasi va milliy terma jamoaning kelgusi o‘yinlari haqida muhim bayonotlar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday musobaqalar o‘zbek futbolining kelajagi va yoshlar uchun katta ahamiyatga ega.
Ermatov ta’kidlashicha, 10 yil mobaynida o‘zbek futbolining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, 10 yil rahbarlik qilgan Mirabror Zufarovich Usmonov xotirasiga bag‘ishlab har yili musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda. Bunday turnirlar orqali Mirabror Usmonov kabi futbolimiz arboblarini eslab turish – milliy qadriyat va an’ana sifatida alohida o‘rin tutadi. Saudiya Arabistoni va Yaponiya kabi nufuzli jamoalar bilan tashkil etilgan musobaqalar yoshlar uchun katta tajriba maktabiga aylanmoqda. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ham har bir o‘yindan haqiqiy zavq olgani qayd etildi.
O‘zbekiston xalqini qiziqtirayotgan yana bir muhim masala — milliy terma jamoa Jahon chempionati oldidan qaysi jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi. Ermatov bu savolga javob berib, sentyabr oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida maxsus musobaqa o‘tkazilishini va bu turnir JCHga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lib xizmat qilishini ma’lum qildi. Qolgan o‘yinlar haqida esa hozircha ma’lumot berish erta ekanini, qaror qabul qilingach, rasman e’lon qilinishi aytildi.
Yevropa va Amerika terma jamoalari bilan muzokaralar haqida so‘ralganda, Ermatov bu yo‘nalishda ham xalqaro o‘yinlar kutib turganini tasdiqladi.
Muxlislar esa, terma jamoamizning yangi rejalari va kelajakdagi o‘yinlarini katta qiziqish bilan kuzatishmoqda.
Ravshan Ermatov milliy terma jamoaning kelgusi o‘yinlari haqida bayonot berdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar