22 yoshli sloveniyalik hujumchi Benjamin Sheshko joriy yozda Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Uning "Nyukasl Yunayted"ga o‘tishiga oid muzokaralar yakuniga yetib qolgan. Ushbu transfer "Leypsig"da to‘p surayotgan Isakning ketishi bilan bog‘liq.
Sheshko so‘nggi intervyusida o‘zini Erling Xoland bilan taqqoslanayotgani borasida to‘xtalib o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, bunday parallellar unga qo‘shimcha kuch va ilhom beradi.
"Men uchun bunday taqqoslashlar faqat motivatsiya. Menga bunday gaplar bosim qilmaydi, aksincha, o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi. Jamoadoshlarim tezligim va havodagi kurashlarimni Xolandnikiga o‘xshash deb baholashadi. Ayrimlari esa men undan yaxshiroqman deyishadi", — dedi u.
Bundan tashqari, Sheshko o‘tgan mavsumda jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Uning "RB Leypsig" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol muhlislari esa uning Angliyada o‘zini qanday ko‘rsatishini qiziqish bilan kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!