"Liverpul" klubining yosh va iqtidorli yarim himoyachisi Florian Virs kelayotgan 2025/26 yilgi mavsumda 7-raqam ostida maydonga tushishi rasman ma’lum qilindi. Mazkur raqam klub tarixida alohida o‘rin egallab, ko‘plab mashhur futbolchilar tomonidan sharaf bilan taqilgan.
Avvalroq ushbu raqam ostida Luis Dias, Jeyms Milner, Luis Suares, Robbi Kin, Xarri Kyuell, Vladimir Shmitser va Stiv Makmanaman kabi yulduzlar harakat qilgani bilan yaxshi esda qolgan. Endi esa mazkur raqamni yangi nom – Virs davom ettiradi.
Bundan tashqari, jamoaning yangi futbolchilari uchun ham raqamlar aniqlashdi. Himoyachi Milosh Kerkez 6-raqamni tanladi, unga sherik bo‘ladigan Jeremi Frimpong esa 30-raqamda to‘p suradi. Hujum chizig‘ida o‘ynashi kutilgan Yugo Ekitike 22-raqamni qabul qildi. Darvozabon Georgiy Mamardashvili esa 25-raqamli libosda maydonga tushadi.
Bu raqamlar ortidagi tanlovlar har bir futbolchining o‘z o‘rnini topishga intilishi va jamoa uchun qanchalik muhim rol o‘ynashiga ishora beradi. Yangi mavsum oldidan “Liverpul” muxlislari yangi raqam egalarida katta salohiyat ko‘rishmoqda.
Yangi mavsumda Florian Virs afsonaviy raqamda harakat qiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar