Ma’lumki, 30 iyuldan 12 avgustgacha Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan yosh bokschilar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Qit’a miqyosidagi ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz nomidan qatnashgan sportchilarimiz navbatdagi kun bellashuvlarida munosib natijalar qayd etishdi.
Bugun o‘tkazilgan janglarda 22 yoshgacha bo‘lgan terma jamoamiz vakillari o‘z vazn toifalarida maydonga chiqib, barcha raqiblarini ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdilar.
. -48 kg vazn toifasida Robiya Baxtiyorova filippinlik Ofeliya Magnoni 5:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
. -51 kg da Gulsevar Ganieva Hindiston vakili Devika Gorpadedan 5:0 hisobida ustun keldi.
. -57 kg da Xumorabonu Mamajonova qozoqistonlik Viktoriya Baidukovani juda tor bahsda 3:2 hisobi bilan mag‘lub etdi.
. -50 kg da Behruz Xoldorov hindistonlik Vishvanat Sureshni 3:1 hisobida taslim qildi.
. -55 kg da Samandar Olimov qozoqistonlik Beksultan Boranbekka mutlaq ustunlik bilan – 5:0 hisobida imkoniyat qoldirmadi.
. -60 kg da Shohrux Abdumalikov nepalik Indra Sunar ustidan ishonchli 5:0 natijasi bilan g‘alaba qozondi.
. -65 kg da Sayat Ilyasov xitoylik Ming Chenni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
. -70 kg vazn toifasida Muhammadazizbek Ismoilov janubiy koreyalik Gyubin Parkni hakamlarning yakdil qarori asosida – 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur natijalar bokschilarimiz yaxshi sport formasida ekanini va musobaqa sari ishonch bilan oldinga intilayotganini yana bir bor namoyon etmoqda. Olimpiya umidlari yo‘lidagi bu g‘alabalar yurtdoshlarimiz uchun faxr va quvonch bag‘ishlashda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!