Avgust oyining oxirgi kunlarida futbol ishqibozlarini yana bir yirik musobaqa — CAFA Nations Cup kutmoqda. Unda Markaziy Osiyoning yetakchi terma jamoalari maydonda o‘zaro kuch sinashadi. Bellashuvlar 29 avgustdan boshlanib, 8 sentabrgacha davom etadi. Bu musobaqa o‘zining qizg‘in va dramatik o‘yinlari bilan allaqachon muxlislar e’tiborini qozongan. Unda yurtimiz terma jamoasi ham ishtirok etadi, deb xabar berdi championat.asia.
Biroq ushbu yildagi musobaqa bilan bog‘liq bir jihat borki, u Kapadzega o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Gap shundaki, turnir FIFA rasmiy kunlariga to‘g‘ri kelmagani sababli, O‘zbekiston terma jamoasi safini faqat mahalliy chempionatda to‘p surayotgan futbolchilar bilan to‘ldirishga to‘g‘ri kelmoqda.
Championat.asia saytining bosh muharriri Narzulla Saydullaev taxmin qilgancha, bosh murabbiy Timur Kapadze ushbu futbolchilarni chaqirishi ehtimoldan xoli emas:
Darvoza qo‘riqchilari sifatida:
-
Abduvohid Ne’matov,
-
Botirali Ergashev,
-
Vladimir Nazarov.
Mudofaa chizig‘ida esa:
-
Hojiakbar Alijonov,
-
Zafarmurod Abdirahmatov,
-
Umar Eshmurodov,
-
Islom To‘xtaxo‘jayev,
-
Alibek Davronov,
-
Muhammadqodir Hamraliev,
-
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev,
-
Sherzod Nasrullayev.
Yarim himoya qatorida o‘z o‘rnini topishi mumkin bo‘lganlar:
-
Abdurauf Bo‘riev,
-
Asadbek Rahimjonov,
-
Jamshid Iskanderov,
-
Aziz Turg‘unboyev,
-
Hojimat Erkinov,
-
Ruslan Jiyanov,
-
Oybek Bozorov,
-
Aziz Xolmuradov.
Hujumni tashkil etuvchilar esa:
-
Igor Sergeev,
-
Bobir Abdixoliqov,
-
Husayn Norchaev.
Shuningdek, saytning tajribali jurnalisti Tolibjon Qosimov qo‘shimcha qilishicha, yana quyidagi futbolchilar ham asosiy tarkibdan joy olishi mumkin:
-
Muhammadrasul Abdumajidov,
-
Abror Ismoilov,
-
Jasur Jaloliddinov,
-
Alisher Odilov.
Eslatib o‘tamiz, CAFA Nations Cup musobaqasi ikki guruhda o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan joy olgan bo‘lib, o‘yinlarini Toshkent shahrida o‘tkazadi. Biznikilar Qirg‘iziston, Turkmaniston va tajribali raqib — Umonga qarshi bahs olib boradi. Bu guruhda kurashlar juda keskin tus olishi kutilmoqda.
"B" guruhida esa Tojikiston mezbon sifatida maydonga tushadi va ularga Eron, Afg‘oniston hamda Hindiston kabi kuchli raqiblar qarshi turadi. Bellashuvlarning eng asosiy bosqichlari — ya’ni yarim finallar va final o‘yini ham aynan Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Shunday ekan, mahalliy yulduzlarga ishonch bildirgan Kapadze shogirdlaridan nimlar kutish mumkin? Ularning salohiyati va yurakdan kurashi turnir taqdirini belgilashi mumkin. Bu yilgi musobaqa nafaqat futbol, balki yurt bayrog‘ini munosib himoya qilish uchun imtihon maydoni bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!