Mashhur xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich Italiya A Seriyasi vakili “Milan” klubiga o‘tdi va jamoaga moslashish bosqichini faol boshladi. Yevropa futbolining faxriysi sifatida Modrich, ayniqsa Madridning “Real” klubida 14 yil davomida to‘plagan katta tajribasini yangi jamoadoshlariga yetkazishni istamoqda.
“Men bu yerga jamoaga yordam berish uchun keldim. Futbol yakka o‘yin emas – bu har doim jamoaviy mehnatni talab qiladi. Har doim shu falsafani tanlaganman”, – deydi Luka Modrich pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
U, shuningdek, yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini va Italiya chempionatidagi kurashlarda o‘zini ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi. A Seriyaning yangi mavsumi avgust oyi o‘rtalarida boshlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!