date

Farg‘onada “Neftchi” va “Nasaf” o‘rtasida tarixiy to‘qnashuv kutilmoqda

Farg‘onada “Neftchi” va “Nasaf” o‘rtasida tarixiy to‘qnashuv kutilmoqda

Bugundan boshlab Superliganing 18-tur bahslariga rasman start beriladi. Musobaqa haftaning turli kunlariga yoyilgan bo‘lsa-da, asosiy diqqat markazi ertaga kechasi joylashgan. Chunki shu kun tartibida bir emas, birdaniga ikki yirik va markaziy bellashuv muxlislar e’tiboriga havola etiladi.

Shular ichida eng katta qiziqish uyg‘otayotgani, shubhasiz, chempionlik poygasidagi keskin kurashning navbatdagi bosqichi — Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida “Neftchi” va turnir jadvalida karvonboshi bo‘lib turgan “Nasaf” o‘rtasidagi bahs hisoblanadi. Ikki jamoa tarixiy raqobatga ega va ularning har bir to‘qnashuvi o‘ziga xos dramatizm hamda qizg‘in muhit bilan yodda qoladi.

Statistik ma’lumotlarga nazar tashlasak, shu vaqtgacha Superliga doirasida “Neftchi” va “Nasaf” Farg‘onada jami 26 marta o‘zaro kuchini sinovdan o‘tkazgan. Shundan 12 ta o‘yinda mezbonlar — “Neftchi” g‘alaba qozongan, 10 ta bahs durang bilan yakunlangan, 4 marta esa “ajdarlar” deb ataladigan qarshiliklar maydondan yuzda kulgu bilan tark etgan.

Qizig‘i shundaki, “Nasaf” oxirgi marta Farg‘onadagi 3 ochkoni 2017 yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan. U paytda qarshiliklar “Neftchi”ni 0:3 hisobida mag‘lub etgan va o‘sha natija hozirgacha tarix sahifasida qolib kelmoqda.

So‘nggi 6 o‘yindagi natijalarga to‘xtalsak:

  • 22.11.2024. “Neftchi” – “Nasaf” 2:0
  • 02.07.2023. “Neftchi” – “Nasaf” 2:1
  • 22.06.2022. “Neftchi” – “Nasaf” 1:1
  • 22.09.2018. “Neftchi” – “Nasaf” 3:1
  • 01.03.2018. “Neftchi” – “Nasaf” 0:0
  • 13.10.2017. “Neftchi” – “Nasaf” 0:3

Ertaga soat 19:00da start oladigan mazkur bahs nafaqat jadvaldagi ochkolar, balki jamoalarning psixologik ustunligi uchun ham juda muhim. Farg‘ona muxlislari o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun “Istiqlol” tribunalarini to‘ldirishi kutilmoqda.

Shubhasiz, bu to‘qnashuv nafaqat statistika va tarix bilan, balki jonli ehtiroslar, muxlislar ovozi va har bir to‘p uchun bo‘ladigan keskin kurash bilan ham yodda qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Farg‘onada “Neftchi” va “Nasaf” o‘rtasida tarixiy to‘qnashuv kutilmoqda