
Tokioda o‘tgan boks kechasidan so‘ng ikki yapon bokschisi miya jarohatlari oqibatida vafot etdi.
28 yoshli Xiro masa Urakava 2-avgust kuni Yoji Saito bilan bo‘lgan jangning sakkizinchi raundida nokautga uchrab, shifoxonaga yotqizildi. U subdural gematoma(miya va kalla suyagi orasida qon yig‘ilishi) tashxisi bilan operatsiya qilindi, ammo 9-avgust kuni hayotdan ko‘z yumdi.
Bundan bir kun oldin, xuddi shu tadbirda jang qilgan Shigetoshi Kotari ham xuddi shunday jarohatdan vafot etgan edi. Har ikki sportchi Tokioda ringga chiqqan.
Yapon Boks Komissiyasi voqeadan so‘ng Osiyo va Tinch okeani chempionlik janglarini 12 raunddan 10 raundga qisqartirishini e’lon qildi. Shuningdek, sentyabr oyida fojialarni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu yil boksda uchinchi o‘lim holati qayd etildi. Fevral oyida irlandiyalik Jon Kuni ham jangdan keyin miya qon ketishi sababli 28 yoshida vafot etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar