2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga yetakchilik qilishni orzu qilayotgan Neymar uchun yana Yevropa “top-ligalari”ga qaytish eshiklari ochilishi mumkin. La Gazzetta dello Sport'ning yozishicha, Turinning “Yuventus” klubi unga jiddiy qiziqish bildirgan.
Manbalarga ko‘ra, “Yuventus” rahbariyati Neymar transferi bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda. “Barselona” va “Pari Sen-Jermen”da porlagan yulduz uchun Italiya A Seriyasida faoliyat davom ettirish muhim bosqich bo‘lishi mumkin.
Yozgi transfer davrida unga “Marsel” ham qiziqish bildirgan, ammo 33 yoshli hujumchi “Santos”da qolishni ma’qul ko‘rgan. “Al-Hilol”dagi muvaffaqiyatsiz faoliyatdan so‘ng, Neymar yil boshida Braziliyaga qaytib, “Santos” safida 18 o‘yinda 4 gol va 3 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!