date

"Kristal Pelas" nega kubok va Superkubokni olib bergan futbolchidan voz kechmoqda?

"Kristal Pelas" nega kubok va Superkubokni olib bergan futbolchidan voz kechmoqda?

Angliya futboli tarixida katta iz qoldirgan va ilk bor bir mavsumdayoq Angliya kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan “Kristal Pelas” jamoasida yozgi transferlar oynasi yakunlanishidan oldin katta o‘zgarishlar kutilayapti. Jamoaning haqiqiy yetakchisi, sardori va himoyadagi ishonchli ustuni bo‘lgan Mark Gexi yaqin orada klub bilan xayrlashishi mumkin.

Klub prezidenti Stiv Perishning ta’kidlashicha, bu qarorga kelishga asosiy sabablardan biri — futbolchining shartnomasi tugab qolishiga ozgina vaqt qolgani. Uning so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli himoyachi bilan yangi kelishuv imzolanmasa, klub uni transferga qo‘yishga majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Kristal Pelas” o‘tgan yozda “Nyukasl” klubidan kelgan jiddiy takliflarni rad etgandi. Shundan so‘ng ham Mark jamoaning asosiy qismidan o‘rin olib, Superkubokda “Liverpul” ustidan qozonilgan g‘alabada muhim rol o‘ynadi. Biroq Perishning aytishicha, bu gal vaziyat boshqacha — vaqt ular tomonda emas.

— Biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Chunki shunday darajadagi futbolchilarni bepul qo‘yib yuborish — moliyaviy jihatdan katta yo‘qotish. O‘tgan yoz Yoakim Anderson “Fulxem”ga ketganida ikkalasini ham yo‘qotishni xoxlamadik. Ammo bu safar shartnoma masalasini hal qilish yoki boshqa yo‘l topish lozim, — dedi Perish The Guardian nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, yanvar oyida ham Gexiga qiziqish bildirgan klublar bo‘lgan, ammo o‘sha vaqtda “Kristal Pelas” uni sotish niyatida emas edi. Hozir esa vaziyat o‘zgargan va kelgusi haftalarda uning taqdiri aniq bo‘lishi kutilmoqda.

Muxlislar uchun eng og‘ir masala — klubning sardori ketishi jamoaning ichki muhiti va maydondagi o‘yiniga qanday ta’sir ko‘rsatishi. Shubhasiz, Gexining transferi klub tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘lib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Kristal Pelas" nega kubok va Superkubokni olib bergan futbolchidan voz kechmoqda?