ESPN tahliliga ko‘ra, Yevropaning eng kuchli 30 murabbiyi orasida birinchi o‘rinni “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike egalladi.
Ispaniyalik mutaxassis “Liverpul” ustozi Arne Slotni (2-o‘rin) va “Manchester Siti”ni boshqarayotgan Xosep Gvardiolani (3-o‘rin) ortda qoldirdi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, avval “Bayer” (Leverkuzen)da ishlagan va hozir “Real” (Madrid) klubini boshqarayotgan Xabi Alonso (4-o‘rin) hamda “Barselona” ustozi Xans-Diter Flik (5-o‘rin) kirdi.
6-dan 10-o‘ringa qadar esa “Arsenal”dan Mikel Arteta, “Napoli”dan Antonio Konte, “Al-Hilol”dan Simone Indzagi, “Roma”dan Jan Pero Gasperini va “Atletik” (Bilbao)dan Ernesto Valverde joylashdi.
“Chelsi” murabbiyi Enso Mareska klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng 12-pog‘onada qayd etildi.
Reytingni Frankfurtning “Ayntraxt” klubi murabbiyi Dino Tommeller yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!