Ronaldu bir yilda «Milan»dan ko‘p pul ishlab topdi

Ronaldu bir yilda «Milan»dan ko‘p pul ishlab topdi
Ronaldu bir yilda «Milan»dan ko‘p pul ishlab topdi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yillik daromadiga ko‘ra Yevropaning ko‘pgina top-klublaridan ustun turadi, deb xabar beradi «Daryo».

Krishtianuning vakillari chop etilgan soliq deklaratsiyasiga ko‘ra, o‘tgan yilda u 227,5 million yevro pul ishlab topdi. Bu ko‘rsatkich Italiyaning «Milan» jamoasi bir yilda topgan puldan ko‘proqdir — «rossoneri» 2015 yilda 198,8 million yevro ishlagan edi.

Yaqinda portugaliyalik hujumchi «Real» bilan yangi shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, futbolchi yiliga 23,6 million yevro maosh oladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar