date

APL 2025/26 mavsumi 16 avgust kuni start oladi

APL 2025/26 mavsumi 16 avgust kuni start oladi

2025/26 yilgi Angliya Premer-ligasi 16 avgustga o‘tar kechasi start oladi, deb Kursiv media xabar berdi. Chempionat “Enfield”dagi “Liverpool” — “Bournemouth” uchrashuvi bilan boshlanadi. O‘yin soat 00:00 da (Toshkent vaqti) start oladi. Mavsumda 38 tur va 380 ta uchrashuv bo‘lib, u 2026 yil 24 mayda yakunlanadi.

“Manchester City” safida o‘ynayotgan Abduqodir Husanov ilk turda 16 avgust kuni soat 21:30 da “Wolverhampton” maydonida bahs olib boradi.

Birinchi turda “Aston Villa” — “Newcastle”, “Chelsea” — “Crystal Palace”, “Manchester United” — “Arsenal” kabi qiziqarli uchrashuvlar ham o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL 2025/26 mavsumi 16 avgust kuni start oladi