Jurnalist Gilem Balagening ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Siti" klubi 21 yoshli yosh vinger Savioning transferini amalga oshirishdan bosh tortgan. Avvalroq, uning xaridida "Tottenxem" qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bu qarordan so‘ng, Rodrigoning "shaharliklar"ga o‘tishi ham amalga oshmaydi. Chunki, "Manchester Siti" angliyalik futbolchini faqat Savio jamoadan ketgan taqdirda olishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, madridliklar hozirgacha Rodrigo bo‘yicha biror taklif qabul qilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik yosh va iqtidorli futbolchi o‘tgan mavsumda APLda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning yuqori natijalari futbolchilar orasida katta e’tiborga sazovor bo‘ldi va uning kelajagi klub uchun katta ahamiyatga ega.
"Manchester Siti" Savioni transferga qo‘ymaslikka qaror qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar