Madridning mashhur “Real” klubi yarim himoyachi Eduardo Kamavingani sotish masalasini faqat muayyan shartlar asosida ko‘rib chiqmoqda.
Defensa Central tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” fransuz futbolchisi uchun kamida 80 million yevro taklif etilsa, kelishuvni ma’qullashi mumkin. Ammo klub rahbariyati bu qiymat ehtimoliy xaridorlarni orqaga chekinishga majbur qiladi, deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, bosh murabbiy Xabi Alonso Kamavinganing o‘yinidan to‘liq qoniqqan va uning jamoada qolishini ma’qul ko‘radi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 22 yoshli xavbekni 60 million yevro deb baholagan. Kamavinganing “Real” bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar