date

Xabib Nurmagomedov “Yil murabbiyi” mukofotiga da’vogar

Xabib Nurmagomedov “Yil murabbiyi” mukofotiga da’vogar

World MMA Awards tashkilotchilari har yili an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan “Yil murabbiyi” nominatsiyasiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar orasida UFC yengil vazn toifasining sobiq chempioni, hozirda yosh sportchilarni tayyorlab kelayotgan Xabib Nurmagomedov ham bor. U mashhur Abdulmanap Nurmagomedov jang san’atlari maktabini boshqarib kelmoqda.

“Yil murabbiyi” mukofoti uchun quyidagi mutaxassislar kurash olib boradi:

Xabib Nurmagomedov — Abdulmanap Nurmagomedov jang san’atlari maktabi;

Mayk Braun — American Top Team;

Pablo Sukupira — The Fighting Nerds;

Mayk Valle — Valle Flow Striking;

Jon Vud — Syndicate MMA.

Bu yilgi tanlovda g‘olib nomzod yaqin kunlarda ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedov “Yil murabbiyi” mukofotiga da’vogar