Taniqli futbolchi Lutfulla To‘rayev «Bunyodkor» klubiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Futbolchilik faoliyatining ko‘p qismini jamoamiz safida o‘tkazgan Lutfulla To‘rayev yana «Bunyodkor»ga qaytdi, faqat murabbiy sifatida.
«Bunyodkor»da to‘p tepgan o‘yinchilarni ortga qaytarishni an’anaga aylantirgan klubimiz yurtimizning nomdor va sovrindor futbolchilaridan biri bo‘lgan Lutfulla To‘rayev bo‘yicha ham shunday yo‘l tutdi.
1-liga ishtirokchisi «Bunyodkor-2» ustoziga aylangan Lutfullo Narzullayevichning murabbiylik faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz! Umid qilamizki, futbolchi sifatida «Bunyodkor» bilan ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan yosh mutaxassis murabbiylikda ham yutuqlarga erishadi!» — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar