date

"Real" Vinisius kelajagini ko‘rib chiqmoqda: sotish yoki qoldirish?

"Real" Vinisius kelajagini ko‘rib chiqmoqda: sotish yoki qoldirish?

Mashhur insayder va jurnalist Mario Kortegana madridliklar safida to‘p surayotgan braziliyalik tezkor vinger Vinisius Juniorning kelajagi haqida qiziqarli fikrlar bildirdi. Unga ko‘ra, bugungi vaziyat futbolchi va klub o‘rtasida noaniq ahvolda davom etmoqda.

Ma’lumki, o‘tgan yozda Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferiga jiddiy qiziqish bildirgan edi. Ammo o‘shanda "Real Madrid" rahbariyati hatto biror muzokara olib borish niyatiga ham kirishmagan. Bu futbolchiga bo‘lgan katta ishonch va uning jamoadagi muhim o‘rnini ko‘rsatgan edi.

Biroq bugungi kun manzarasi butunlay boshqacha. Kortegananing ta’kidlashicha, masalaga yaqin bo‘lgan manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, agar saudiyaliklar yana bir bor jiddiy taklif bilan chiqishsa, "Real" buni ko‘rib chiqishi hech ham ajablanarli hol bo‘lmaydi. Chunki ular taklifni ham futbolchi, ham klub uchun jozibador qilib ko‘rsatishga harakat qiladilar.

Shu bilan birga, hozircha aniq qaror yo‘q. "Real Madrid" hujumchidan samaradorlikni oshirishni kutmoqda. Klub uning talab qilayotgan darajada maosh bermoqchi emas, ammo shu bilan birga shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etishi mumkin.

Ayni paytda madridliklar hali yo‘l yo‘qlamadi: uni hozir sotishmi, 2026 yil yozida arzonroq narxga chiqarishmi yoki 2027 yilda shartnoma tugagach mutlaqo tekinga ketishiga yo‘l qo‘yishmi — bu savollar ochiqligicha qolmoqda.

Avvalroq xabar qilinganidek, futbolchi va klub o‘rtasida shartnoma masalasida muzokaralar to‘xtab qolgan. "Real" unga yillik 20 million yevro maosh taklif qilgan, ammo Vinisius bu summaga yana 10 million yevro bonus qo‘shilishini talab qilmoqda.

Futbol insayderlari va muxlislari esa bu jarayonni diqqat bilan kuzatmoqda. Chunki Vinisiusning "Real"da qolish-qolmasligi nafaqat klubning hozirgi strategiyasi, balki kelgusi yillardagi yirik rejalari uchun ham hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" Vinisius kelajagini ko‘rib chiqmoqda: sotish yoki qoldirish?