date

APL. «Chelsi» safarda «Vest Hem»ni tor-mor etdi (video)

APL. «Chelsi» safarda «Vest Hem»ni tor-mor etdi (video)

Angliya Premer-ligasining ikkinchi turi kuchli to‘qnashuvlar bilan boshlandi. Ilk bahsda Enso Mareska qo‘l ostidagi “Chelsi” London derbisida “Vest Hem” mehmoni bo‘lib, muxlislar kutmagan darajada yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni mezbonlar jamoasi ochdi. O‘yinning 6-daqiqasida Paketa aniq zarb bilan “aristokratlar” darvozasini ishg‘ol qildi va tribunalarni shodon qildi. Biroq bu gol “Chelsi” futbolchilarini yanada ruhlantirib yubordi.

Qisqa fursat ichida Joao Pedro 15-daqiqada hisobni tenglashtirdi, Pedru Netu esa 23-daqiqada jamoasiga ustunlik olib keldi. 34-daqiqada Enso Fernandesning aniq zarbasi hisobni 3:1ga yetkazdi.

Ikkinchi taym boshlanishi bilan “Chelsi” yana kuchaydi. Moyses Kaysedo 54-daqiqada jamoaning to‘rtinchi golini urgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib Trevo Chaloba ham darvozaga yo‘l topdi. Shu tariqa, “aristokratlar” 5:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Muxlislar uchun bu faqat natija emas, balki jamoaning ko‘rsatgan o‘yini ham katta qoniqish uyg‘otdi. Chunki Enso Mareska qo‘l ostida “Chelsi” hujumkor futbol ko‘rsatdi va har bir golda jamoaviy uyg‘unlik yorqin namoyon bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” o‘zining navbatdagi bahsini 30 avgust kuni “Fulhem”ga qarshi o‘tkazadi. Bu derbi ham muxlislar uchun alohida qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda.

O‘yin protokoli

APL. 2-tur
“Vest Hem” – “Chelsi” 1:5
Gollar: Paketa (6) — Pedro (15), Netu (23), Fernandes (34), Kaysedo (54), Chaloba (58).

Vest Hem: Xermansen, Todibo (Potts, 46), Kilmen, Agerd, Diuf, Souchek (Piters, 70), Prouz, Bissaka, Paketa, Fyullkrug (Uilson, 46), Bouyen.
Chelsi: Sanches, Kukurelya (Xato, 69), Adarabiyoyo, Chaloba (Fofana, 69), Gyusto (Jeyms, 69), Fernandes, Kaysedo, Netu, Pedro, Estevao (Gittens, 77), Delap (Santos, 62).

Ogohlantirish: Xato (87).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Chelsi» safarda «Vest Hem»ni tor-mor etdi (video)