date

A Seriya. "Inter" "Torino" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)

A Seriya. "Inter" "Torino" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)

Italiya A Seriyasi ilk turning so‘nggi uchrashuvida "Inter" "Torino" bilan kuch sinashib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab to‘qnashuvning 18-daqiqasida Bastoni hisobni ochdi. Oradan yana shuncha vaqt o‘tib Tyuram hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida esa Lautaro Martines ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Yana 10 daqiqa o‘tib fransiyalik markaziy hujumchi dublni rasmiylashtirdi. 72-daqiqada esa Anj-Yoan Bonni uchrashuvdagi beshinchi golni kiritdi.

A Seriya. 1-tur
Inter - Torino 5:0
«Juzeppe Meatssa», Milan.
Gollar: Bastoni 18, Lautaro 52, Tyuram 36, 62 (dubl), Bonni 72.
Inter: Zommer, Pavar, Acherbi, A. Bastoni (Enrike 86), Dumfriz, Suchich, Barella, Mxitaryan (Zelinski 79), Dimarko (Augusto 66), M. Tyuram (Bonni 67), Lautaro Martines (Diuf 79).
Torino: Israel, Lazaro (Anjorin 79), Koko, Mazina, Biragi, Gineytis, Kasadey, Ilxan (Tamez 58), Ngong (Pedersen 79), Simeone (Adams 64), Vlashich (Abuxlal 58).

Ushbu uchrashuvdagi barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling:

Ma’lumot o‘rnida, "nerazzurilar" navbatdagi bellashuvini 31 avgust kuni Udinezega qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. "Inter" "Torino" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)