date

Masharipov: «Bentu haqida hozircha aniq fikr bildirish ertalik qiladi»

Masharipov: «Bentu haqida hozircha aniq fikr bildirish ertalik qiladi»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilaridan biri sanalgan Jaloliddin Masharipov so‘nggi kunlarda jamoa atrofida dolzarb bo‘lib turgan murabbiy masalasi haqida o‘z munosabatini bildirdi.

Futbolchi ta’kidlashicha, yangi murabbiy sifatida tilga olinayotgan Paulo Bentu haqidagi xabarlarni u matbuot orqali ko‘rgan:
— Saytlar orqali Bentu kelgani haqida o‘qidim. Uni nomi va Jahon chempionatlarida orttirgan tajribasiga qarab olib kelishdi. Bentu biz haqimizda yaxshi ma’lumotga ega. Ammo bu yerda futbolchilar qaror qilmaydi, barchasini vaqt ko‘rsatadi. Hozircha u rasman shartnoma imzolamadi. Shuning uchun aniq bir fikr bildirish ertalik qiladi, — dedi Masharipov.

Shu bilan birga u yangi murabbiyning taktik usullari haqida ham hozir fikr bildirishga shoshilmasligini aytdi:
— Ish jarayonida ko‘rib chiqib, uning uslubi va taktikasi haqida xulosa qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Osiyo termalariga qarshi ba’zi hollarda murabbiysiz ham o‘ynay olamiz. Shu bois kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda ko‘proq tajriba olamiz. Murabbiy kelib suhbat qurdi degani, hammasi hal bo‘ldi degani emas, — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, Masharipovning bu mulohazalari jamoa ichidagi ehtiyotkorona kayfiyat va yangi bosqichga tayyorgarlikdan dalolat beradi. Muxlislar esa Paulo Bentu rasman jamoaga qo‘shilgandan keyin qanday o‘zgarishlar bo‘lishini qiziqish bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov: «Bentu haqida hozircha aniq fikr bildirish ertalik qiladi»