date

Luis Enrike: «Barselona»ga qarshi o‘ynash men uchun og‘ir bo‘ladi

Luis Enrike: «Barselona»ga qarshi o‘ynash men uchun og‘ir bo‘ladi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi markaziy to‘qnashuvlardan biri sifatida PSJ klubi «Barselona»ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazishi kutilmoqda. Parijliklar ustozi Luis Enrike esa ushbu bahs atrofida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike bir vaqtlar «Barselona» sharafini nafaqat futbolchi, balki murabbiy sifatida ham himoya qilgan. Shu bois, unga katalon klubiga qarshi o‘ynash juda o‘ziga xos tuyg‘ularni uyg‘otishi tabiiy hol.
— Men uchun bu o‘yin ayni paytda ham quvonchli, ham og‘ir. «Barselona»ga qaytish — bu chinakam zavq, chunki u yer mening uyimdek. Biroq shuni ochiq aytamanki, menga boshqa har qanday jamoadan ko‘ra ko‘proq yordam bergan klubga qarshi maydonga tushish og‘riqli bo‘ladi. Buni so‘z bilan ifoda qilish oson emas, — dedi Enrike matbuot anjumanida.
Hozircha «Barselona» va PSJ to‘qnashuvining aniq sanasi ma’lum qilinmagan. Ushbu muhim bahs qaysi kunlarga to‘g‘ri kelishi chempionat jadvali shanba kuni e’lon qilingach ma’lum bo‘ladi.
Muxlislar esa Luis Enrikening o‘z sobiq klubiga qarshi qanday taktik yondashuv qo‘llaydi va PSJning Ispaniyadagi safaridan qanday natija bilan qaytishiga katta qiziqish bilan nazar tashlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: «Barselona»ga qarshi o‘ynash men uchun og‘ir bo‘ladi