date

Muhammad Saloh: Chempionlik uchun asosiy da’vogar – "Arsenal"

Muhammad Saloh: Chempionlik uchun asosiy da’vogar – "Arsenal"

«Liverpul»ning yulduz hujumchisi, misrlik forvard Muhammad Saloh yangi mavsum borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, chempionlik sari eng jiddiy harakat qiladigan jamoa – «Arsenal».
«Agar chempionatdagi yetakchi da’vogarlar haqida so‘z yuritsak, men albatta «Arsenal»ni alohida tilga olaman. Chunki ular besh-olti yildan buyon deyarli bir xil tarkibda o‘ynashmoqda. Bu esa maydonda o‘zaro hamkorlikni ancha yengillashtiradi.
«Liverpul» ham, «Manchester Siti» ham so‘nggi mavsumlarda tarkibini sezilarli darajada yangiladi. Gvardiola shogirdlari har doim chempionlik uchun kurash olib boradigan jamoalardan biri hisoblanadi. Ammo ayni paytda mening fikrimcha, bu mavsumda «Arsenal»ning imkoniyatlari juda yuqori», — deya ta’kidladi Saloh.
Eslatib o‘tamiz, bugun Angliya premer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan «Liverpul» – «Arsenal» bahsi bo‘lib o‘tadi. Qiziqishlarga to‘la uchrashuv soat 20:30 da start oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhammad Saloh: Chempionlik uchun asosiy da’vogar – "Arsenal"