date

AQSH vakillari terma jamoamiz bilan uchrashuv o‘tkazdi

AQSH vakillari terma jamoamiz bilan uchrashuv o‘tkazdi

2026 yilgi Jahon chempionati mezbonlaridan biri bo‘lgan AQSHning Global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik milliy terma jamoamiz bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Ushbu muhim uchrashuvda O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham qatnashib, jarayonga yanada tantanavor ruh bag‘ishladi.
Zampolli AQSH hukumatini va jahon chempionati mezbonlarini nomidan yurtimiz terma jamoasini tarixiy yo‘llanma bilan muborakbod etib, keyingi o‘yinlarda ham omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHda o‘tadigan mundial faqatgina sport maydonidagi kurash emas, balki do‘stlik, innovatsiya va uzviy hamkorlik ramzi sifatida ham ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv yakunida mehmonlarga milliy terma jamoa a’zolari imzo chekkan to‘plar esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi. Bu esa nafaqat samarali muloqot, balki ikki davlat o‘rtasidagi sport hamkorligining yanada mustahkamlanayotganidan darak berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSH vakillari terma jamoamiz bilan uchrashuv o‘tkazdi