APLning 3-turi doirasidagi “Brayton” – “Manchester Siti” uchrashuvi uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi. Quvonarlisi, hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibdan o‘rin oldi va muhim bahsni boshidanoq maydonda boshlaydi.
“Shaharliklar”ning boshlang‘ich tarkibi quyidagicha shakllandi:
– Jeyms Trafford
– Mateus Nunes
– Abduqodir Husanov
– Jon Stounz
– Rayan Ayt-Nuri
– Rodri
– Bernardu Silva (sardor)
– Oskar Bobb
– Tijani Reynders
– Umar Marmush
– Erling Holand
Zaxirada esa Ederson, Diash, Ake, Dok-u, Niko, Gyundogan, Akanji, O’Reylli va Lyuis kabi futbolchilar qoldirilgan.

Abduqodir Husanovning Premer liga kabi nufuzli musobaqada asosiy tarkibdan joy olishi nafaqat u uchun, balki butun o‘zbek futboli uchun katta sharaf hisoblanadi. Muxlislarimiz esa bugungi bahs orqali uning yuqori saviyadagi mahoratiga yana bir bor guvoh bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan ikki turda «Siti» 3, «Brayton» 1 ochko to‘plagan. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar