date

Paulu Bentu Toshkentda muzokara o‘tkazib, taklifni rad etdimi?

Paulu Bentu Toshkentda muzokara o‘tkazib, taklifni rad etdimi?

O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu masala bo‘yicha yakuniy qarorini bildirgani haqida A Bola ma’lumot tarqatdi. Manbaning yozishicha, jamoa rahbariyati va 56 yoshli murabbiy o‘rtasidagi muzokaralar Toshkent shahrida amalga oshirilgan. Biroq keyinchalik Bentu ortiga qaytib, taklifni qabul qilmaslikka qaror qilgan.

Avvalroq shunday yo‘nalishdagi taklif Germaniya futbolining tajribali mutaxassisi Yoahim Lyovga ham taklif etilgandi. Biroq u ham bu ishni qabul qilmaslikni ma’qul ko‘rgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Paulu Bentuning eng so‘nggi ish joyi BAA milliy terma jamoasi hisoblanadi. U yerda ham u katta ishonch bilan faoliyat boshlagan bo‘lsa-da, 26-mart kuni vazifasidan ozod etilgandi. Shundan beri mutaxassis hech bir klub yoki jamoa bilan shartnoma imzolamagan holda ishsiz yuribdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasini qaysi mutaxassis boshqarishi borasidagi intriga hozircha ochiq qolmoqda. Muxlislar esa yaqin vaqtda bunga oydinlik kiritilishini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Paulu Bentu Toshkentda muzokara o‘tkazib, taklifni rad etdimi?