CAFA-2025 3-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, turnir finaliga chiqdi.
Temur Kapadze shogirdlari «Olimpiya» stadionidagi bahsda qo‘shnilarimizdan o‘yin borasida ustunligini ko‘rsata oldi. 20-daqiqada Akmal Mozgovoy debyut goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada Otabek Shukurov penaltidan ikkinchi golni urdi. Zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeev esa Shukurovning uzatmasidan keyin hisobni yiriklashtirdi. O‘yin yakunida Azizbek Turg‘unboyev yakuniy natijani o‘rnatdi – 4:0.
Qayd etish joiz, raqiblar Valeriy Kichinning 45-daqiqadagi chetlatilishidan keyin maydonda 10 kishi qolgandi.
O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi 4:0
Gollar: 1:0 – 20, Akmal Mozgovoy (Husniddin Aliqulov), 2:0 – 67, Otabek Shukurov (penalti), 3:0 – 82, Igor Sergeev (Otabek Shukurov), 4:0 – 90+3, Aziz Turg‘unboyev
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojakbar Alijonov (24.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 88), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Akmal Mozgovoy (10.Aziz G‘aniyev, 73), 9.Odil Hamrobekov (7.Otabek Shukurov, 46), 13.Sherzod Nasrullayev (11.Oston O‘runov, 46), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev, 73), 20.Hojimat Erkinov (19.Aziz Turg‘unboyev, 80), 22.Abbos Fayzullayev (8.Jamshid Iskanderov, 73), 23.Husniddin Aliqulov, 30.Alibek Davronov.
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 35.Vladimir Nazarov, 15.Umar Eshmurodov, 27.Dilshod Komilov, 31.Ruslan Jiyanov.
Qirg‘iz Respublikasi: 1.Erjan Tokotayev (13.Artyom Pradkin, 53), 2.Valeriy Kichin, 3.Tamirlan Qo‘ziboyev, 5.Arlen Beksulov, 7.Joel Kojo (24.Nurlanbek Sariqbayev, 81), 10.Guljigit Aliqulov (9.Ernist Botirxonov, 53), 12.Odil Abdurahmonov, 14.Aleksandr Mishenko, 19.Ermek Kenjaboyev, 21.Kai Merk (17.Ulanbek Sulaymonov, 46), 23.Erbol Atabayev
Zaxira: 4.Azim Azarov, 6.Magamed Uzdenov, 11.Atai Jumashev, 16.Ruslan Amirov, 20.Esenbek Usun Ul-u, 22.Amir Japarov, 25.Islam Yunusov, 26.Adil Qodirjonov.
Ogohlantirishlar: Kai Merk (19), Arlen Beksulov (32)
Chetlatish: Valeriy Kichin (45)
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi guruhda 7 ochko va to‘plar nisbatiga ko‘ra (+5), O‘monni ortda qoldirib, finalga yo‘llanma oldi. Eronga qarshi hal qiluvchi uchrashuv 8 sentyabr kuni Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida soat 19:30da boshlanadi.
3-o‘rin uchun o‘yin esa O‘mon va Hindiston o‘rtasida 8 sentyabr kuni Tojikistonning Hisor shahrida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!