Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing tashabbusi bilan ilk bor kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida yana bir hamyurtimiz muxlislarni xursand qildi.
-50 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev Saudiya Arabistoni vakili Navaf Avajiga qarshi jang olib bordi. Bellashuvda o‘zini ancha ustun ko‘rsatgan bokschimiz raqibini ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, mutlaq g‘alabaga erishdi.
Bu zafar orqali Meliqo‘ziyev musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Endi uning navbatdagi jangini 9 sentyabr kuni australiyalik Omer Izazga qarshi ko‘ramiz.
Har bir bosqichda o‘z salohiyatini namoyish etayotgan Shodiyorjon chempionatda yuqori marralarga intilmoqda. Muxlislar esa bokschimizdan yangi g‘alabalarni kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!