O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov yana xorijda faoliyat olib borishi kutilmoqda.
Jarohatidan to‘liq sog‘aygan va maydonga qaytgan 29 yoshli futbolchiga “Nasaf” klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Shukurovning agentlari asosiy e’tiborni chet eldan kelgan takliflarga qaratishayotgani aytilmoqda.
Yaqin kunlarda uning yangi jamoasi nomi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Shukurov shu yil boshida Saudiya Arabistonining “Al-Fayha” klubi bilan rasman xayrlashgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar