Aziza Zokirova raqibini texnik nokaut bilan mag‘lub etdi

1 daqiqa o'qish2.9K
Aziza Zokirova raqibini texnik nokaut bilan mag‘lub etdi

Ma’lumki, Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing tashkiloti rahnamoligida kattalar o‘rtasida ilk bor jahon chempionati tashkil etilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada hamyurtimiz ringga chiqib, muxlislarni quvontirdi.

-70 kg vaznda o‘tkazilgan bellashuvda bokschimiz Aziza Zokirova Vengriya vakili Regina Lakosga qarshi kurash olib bordi. Qat’iyat va ustunlik bilan o‘tgan jangning uchinchi raundida sportchimiz raqibini texnik nokautga uchratib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, hamyurtimiz chorak finalga yo‘l oldi va 9-sentyabr kuni keyingi bosqichda ringga ko‘tarilishi belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi rasman ma’lum qildi.

Eslatib o‘tish kerak, oldimizda yana bir muhim bellashuv bor. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xitoylik raqib Jianxao Ju bilan kuch sinashadi. Ushbu to‘qnashuv ham katta qiziqish bilan kutilmoqda.

O‘zbek bokschilari Liverpulda davom etayotgan jahon chempionatida nafaqat yurtimiz sharafini, balki o‘zlarining kuch va mahoratlarini namoyish etmoqda. Bu g‘alaba esa hamyurtimizning keyingi bosqichlarda ham yuqori marralarni ko‘zlayotganidan darak bermoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?