date

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Jahon chempionatida ishonchli g‘alaba qozondi

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Jahon chempionatida ishonchli g‘alaba qozondi

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha 2025 yilgi jahon chempionati bellashuvlari qizg‘in davom etmoqda. Musobaqaning bugungi kechki dasturi doirasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bir qator sportchilar ringga ko‘tarilib, muxlislar uchun yorqin damlarni taqdim etdi.

Shu kunning eng so‘nggi jangida -65 kilogramm vazn toifasida Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev maydonga tushdi. O‘zbekistonlik mahoratli bokschi xitoylik raqibi Jianxao Juga qarshi bahs olib bordi va butun uchrashuv davomida o‘zining ustunligini namoyish qildi. Hakamlar yakdil qaror chiqarib, Asadxo‘jani 5:0 hisobida g‘olib deb e’lon qilishdi.

Shu natija bilan Mo‘ydinxo‘jayev musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi va endi 1/16 finalda finlandiyalik Ismoil Umarga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu bahs uning chempionatdagi navbatdagi sinovi bo‘lib, muxlislar ham uni katta qiziqish bilan kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 sentyabr kungi bahslarda ham yurtimiz vakillari maydonni g‘alaba bilan tark etgan edilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, World Boxing shafeligida ilk bor tashkil etilayotgan kattalar o‘rtasidagi bu nufuzli Jahon chempionatida jami 68 davlatdan 554 nafar mahoratli sportchi qatnashmoqda. Ularning 329 nafari erkaklar bo‘lsa, qolgan 225 nafari ayollardan iborat. Turnir 4-sentyabrdan start olgan bo‘lib, 14 sentyabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday musobaqalar nafaqat bokschilar uchun sinov, balki milliy sportimiz obro‘sini yanada yuksaltirish uchun ham katta imkoniyat hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Jahon chempionatida ishonchli g‘alaba qozondi