date

Otabek Shukurov: “Eron ustidan g‘alaba to‘liq qoniqish bermadi”

Otabek Shukurov: “Eron ustidan g‘alaba to‘liq qoniqish bermadi”

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov CAFA Nations Cup-2025 finalida Eronga qarshi kechgan bellashuvdan (1:0) keyin o‘z fikrlarini baham ko‘rdi.

“Albatta, kayfiyatimiz juda yuqori, ammo shunga qaramay, biz bundan ham yaxshiroq o‘ynashga qodirmiz. Buni o‘zimiz ham yaxshi his qilayapmiz. Raqib maydonda 10 kishi bo‘lib qoldi, hakamlar ham biz tomonni qo‘llab-quvvatladi.

Bu bellashuv asosan o‘rtoqlik xarakteriga ega. Asosiy maqsadimiz — jahon chempionatiga munosib ravishda tayyorgarlik ko‘rish. Shu boisdan Erondek yuqori saviyadagi jamoalarga qarshi o‘ynash biz uchun katta tajriba bo‘ladi.

Albatta, g‘alaba qozondik, lekin 100 foizlik qoniqish ham bermadi. Chunki futbolda turli vaziyatlar yuz beradi, ammo oxir-oqibat natija tarixda qoladi.

Eron hatto 10 kishi bo‘lib qolgan holatda ham juda mahkam himoyalandi. Bu ularning jahon miqyosidagi tajribasidan darak beradi. Biz ertaroq gol urgan bo‘lishimiz mumkin edi, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik. Balki, o‘yin oxirida kiritilgan gol yanada shirinroq bo‘lgandir”, — dedi 29 yoshli futbolchi Sport telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu finalda Eron jamoasi 5-daqiqadan boshlab bir kishi kam tarkibda to‘p surdi. Uchrashuv qirg‘izistonlik hakam Nurzat Abduqodirovga topshirilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov: “Eron ustidan g‘alaba to‘liq qoniqish bermadi”