O‘zbekiston U-23 Falastinga qarshi hal qiluvchi bahsga tayyor

O‘zbekiston U-23 Falastinga qarshi hal qiluvchi bahsga tayyor

Bugun Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi U-23 saralash musobaqasining "E" guruhi so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun muhim ahamiyatga ega so‘nggi bahsda Falastin yoshlariga qarshi kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi.

Shu bilan birga, guruhning yana bir bellashuvida mezbon Qirg‘iziston maydon egalari sifatida Shri-Lanka jamoasini qabul qiladi. Bu o‘yin esa soat 19:00 da boshlanishi belgilangan.

Hozirgi vaqtdagi turnir jadvaliga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi 4 ochkodan to‘plab yetakchilik qilib turibdi. Falastin 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda, Shri-Lanka esa ochkosiz oxirgi pog‘onada qayd etilgan.

O‘zbekiston U-23 Falastinga qarshi hal qiluvchi bahsga tayyor

Shu tariqa, bugungi bahslar guruhdagi taqdirni hal qiladi va qaysi jamoalar keyingi bosqichga yo‘l olishini aniqlab beradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar