date

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi

Ma’lumki, Angliyaning Liverpul shahrida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Musobaqada o‘z yurtimiz sharafini himoya qilayotgan charm qo‘lqop ustalari muxlislarimizni bir qator g‘alabalar bilan quvontirib kelmoqda.

Navbatdagi bellashuv -65 kg vazn toifasida o‘tdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finlyandiyalik raqibi Ismail Umarga qarshi ringga ko‘tarilib, juda ishonchli va ustun o‘yin ko‘rsatdi. Jang davomida yurtimiz vakili aniq zarbalari, tezkor harakatlari va tinimsiz hujumlari bilan ustunlikni qo‘lga kiritdi.

Yakunda hakamlar yakdil qaror bilan Mo‘ydinxo‘jayevni g‘olib deb e’lon qilishdi – 5:0. Shu tariqa, hamyurtimiz munosib ravishda chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Endilikda uning navbatdagi raqibi qozog‘istonlik Yertugan Zeynulinov bo‘ladi. Bu to‘qnashuv ham juda qiziqarli va keskin o‘tishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, muxlislarimizni oldinda yana bir quvonchli jang kutyapti — Akmaljon Isroilov Avstraliya vakili Lachlan Lavsonga qarshi ringga chiqadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Liverpulda o‘tayotgan jahon chempionatida har bir g‘alaba nafaqat shaxsiy, balki butun o‘zbek boksi nufuzini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Vakillarimizning kurashchanligi va mahorati ularning katta marralar sari intilayotganidan dalolat bermoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi