O‘zbekiston Superligasining 21-turiga start berildi va ilk bellashuv Qarshida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy “Nasaf” klubi mehmon “Buxoro” jamoasini qabul qildi. Kutilayotgandek, qarshiliklar o‘z muxlislarini quvontirib, yirik hisobda zafar quchishdi. Ushbu g‘alaba ham natija, ham ko‘rsatilgan o‘yin sifati jihatidan maydon sohiblari ustunligini yaqqol tasdiqladi.
Bellashuvning dastlabki daqiqalariyoq “Nasaf” futbolchilari o‘z ustunligini namoyon qila boshladi. 13-daqiqada Husayn Norchayev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 25-daqiqada Yusuf Otubanjo jamoasi nomidan ikkinchi golni kiritdi.
Hujumkor o‘yinni davom ettirgan qarshiliklar 28-daqiqada Sharof Muhiddinov orqali yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan uch daqiqa o‘tib, yana Otubanjo gol urdi va natija 4:0 ko‘rinishini oldi. Birinchi bo‘lim yakunigacha “Nasaf” barqaror ustunlikka ega bo‘lib, o‘zini himoyada ham, hujumda ham ishonchli namoyon qildi.
Ikkinchi taym boshlanishi bilanoq maydon egalari hisobni yana oshirishdi. 47-daqiqada tajribali forvard Dragan Cheran to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni 5:0 ko‘rinishini yaratdi. Ushbu gol bellashuvning yakuniy nuqtasi bo‘ldi.
Superliga. 21-tur
Nasaf – Buxoro 5:0
Gollar: Norchayev (13) – 1:0, Otubanjo (25) – 2:0, Muhiddinov (28) – 3:0, Otubanjo (30) – 4:0, Cheran (47) – 5:0.
“Nasaf” tarkibi: Abduvohid Ne’matov, Murodbek Rahmatov (83-daq. Javohir Ubaydullayev), Dragan Cheran, Sharof Muhiddinov, Husayn Norchayev (59-daq. Suhrob Nurulloyev), Stefan Cholovich (46-daq. Javohir Sidiqov), Yusuf Otubanjo (59-daq. Oybek Bozorov), Igor Golban, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Nasrullayev, Umarbek Eshmurodov (59-daq. G‘olib G‘aybullayev).
Zaxiradagilar: Oleksandr Vorobey, Alibek Davronov, Adenis Shala, Diyorbek Abdunazarov.
“Buxoro” tarkibi: Shirinboy Abdullayev, Ravshan Xayrullayev (33-daq. Frane Chiryak), Azizbek Amonov, Javohir Ro‘ziyev, Bilol Tupliyev (69-daq. Anvarjon Jo‘rayev), Toma Tabatadze (69-daq. Dominik Begich), Muhammad Yo‘ldoshev, Yosip Tomashevich (46-daq. Ibrohim No‘monov), Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shohboz Jo‘rabekov.
Zaxiradagilar: Mardonjon Meliyev, Javohir Otamurodov, Sardor Qulmatov, Muhammadsafo Fozilov, Nodirbek Ahmadjonov.
Ogohlantirishlar: Frane Ikich (27), Norchayev (58), Jo‘rabekov (76), No‘monov (80).
“Nasaf” Superligadagi ilk 21-tur bahsida muxlislarini hursand etdi va o‘z maqsadlari yo‘lida muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Bu natija jamoaga musobaqada yanada yuqori maqsadlar uchun kurashishda kuch bag‘ishlaydi.
Superliga. "Nasaf" "Buxoro"ni yirik hisobda taslim etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar