Sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev yaqinda bo‘lib o‘tadigan Saul “Kanelo” Alvares va Terenc Krouford jangi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu to‘qnashuv zamonaviy boksning eng muhim voqealaridan biri sifatida tarixda qolishi aniq.
“Ba’zi paytlarda boksda kechayotgan jarayonlarga qarab, haqiqatan ham g‘aroyib davrda yashayotganimizni his qilamiz. Yaqin kunlargacha ko‘plab bunday janglar amalga oshishi mumkin emasdek ko‘rinardi. Promouterlar o‘rtasidagi kelishuvlar, telekanallar, jang joyi, vaqti va gonorar masalalari hamma narsani chegaralab qo‘yardi.
Biroq bugun esa vaziyat mutlaqo o‘zgardi. Eng yirik va mashhur nomlar ringda yuzma-yuz to‘qnashmoqda. Bu jarayonda Turki Al ash-Sheyxning xizmati beqiyos. Uning sa’y-harakatlari orqali professional boks yana jahon sport sahnasida markaziy mavzuga aylandi. Tomoshabinlar esa haqiqiy janglarni, intizorlik uyg‘otuvchi to‘qnashuvlarni va eng kuchlilarning bellashuvini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
13-sentyabr kuni “Kanelo” Alvares amerikalik Terenc Kroufordga qarshi ringga chiqadi. Bu jang oldinlari faqat xayolda, orzudagina bo‘lishi mumkin edi”, — dedi Beterbiyev.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ulkan to‘qnashuv 14-sentyabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 09:00 da start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!