date

Rossiya PL yozgi bozori: Fayzullayev ikkinchi eng qimmat ransfer bo‘ldi

Rossiya PL yozgi bozori: Fayzullayev ikkinchi eng qimmat ransfer bo‘ldi

Rossiyada yozgi transferlar bozori rasmiy ravishda yopildi va shu munosabat bilan mutaxassislar 2025-yilda amalga oshirilgan eng qimmat bitimlarning umumiy ro‘yxatini taqdim etdi.

Premer-liga jamoalari orasida eng katta mablag‘ni qo‘lga kiritgan klub Moskva “Dinamo”si bo‘ldi. Ular Xorxe Karraskalni “Flamengo”ga yo‘llab, 12,5 million yevro ishlab oldi.

Biroq bu reytingda ikkinchi pog‘onani o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev transferi egalladi. Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi SSKAga o‘zbek hujumkor futbolchisi uchun 7,5 million yevro to‘lov amalga oshirdi.

E’tiborlisi, Abbosbek 2023-yilning yozida “Paxtakor”dan SSKA safiga bor-yo‘g‘i 500 ming yevroga qo‘shilgandi. Oradan ikki yil o‘tib armiyachilar uning savdosidan 7 million yevro sof daromad ko‘rishdi. Shu tariqa, Fayzullayev “Istanbul Bashakshehir” tarixi uchun eng qimmat transfer sifatida qayd etildi.

Rossiya Premer-ligasida bu yo‘nalishdagi boshqa yirik bitimlar ham e’lon qilindi:


  • Kellven – SSKAdan “Palmeyras”ga (6 million yevro);



  • Villian Rosha – SSKAdan “Al-Jazira”ga (5 million yevro);



  • Ivan Sergeev – “Krilya Sovetov”dan “Dinamo Moskva”ga (3,8 million yevro).


Fayzullayev SSKA tarkibida 72 marotaba maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 22 marta golli uzatma berdi. Shu davr mobaynida u jamoasi bilan Rossiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, chempionatda bronza medaliga ega chiqdi.

Ushbu natijalar legionerimiz uchun yanada katta imkoniyatlar eshigini ochib, uni Yevropa maydonlarida ham mashhur qilishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya PL yozgi bozori: Fayzullayev ikkinchi eng qimmat ransfer bo‘ldi