date

Muhammad Saloh Chempionlar Ligasida yangi rekord o‘rnatdi

Muhammad Saloh Chempionlar Ligasida yangi rekord o‘rnatdi

“Liverpul” safidagi mashhur hujumchi Muhammad Saloh Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida “Atletiko”ga qarshi kechgan bahsda o‘ziga xos yutuqqa erishdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq misrlik yulduz maydon markazida faol harakat qildi. Avval, 4-daqiqada Endryu Robertsonning goliga a’lo darajada assistentlik qildi. Ordan ikki daqiqa o‘tib esa, o‘zi ham to‘pni darvozaga yo‘llab, jamoasi hisobini oshirdi.

Opta statistika markazi ta’kidlashicha, Saloh Chempionlar Ligasi uchrashuvining birinchi 6 daqiqasida ham golli uzatma, ham golga mualliflik qilgan Premer-liga klublari tarixidagi ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.

33 yoshli hujumchi “qizillar” safidagi faoliyati davomida Yevropa chempionlar ligasi musobaqasida 89 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 48 ta gol urgani qayd etilgan. U 2017-yildan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda va jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylanib ulgurdi.

Endilikda, turnirning ikkinchi bosqichida Angliya klubi Turkiyaga safar qiladi. “Qizillar” 30 sentyabr kuni “Galatasaroy” mehmoni bo‘lib maydonga chiqishi rejalashtirilgan. Muxlislar bu uchrashuvda ham Salohdan yorqin o‘yin kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhammad Saloh Chempionlar Ligasida yangi rekord o‘rnatdi