UFC'ning ikki vazn toifasida sobiq chempion bo‘lgan Bi Jey Penn yana hibsga olindi. 46 yoshli jangchi Xilo shahrida sud qarori bilan man etilgan hududga kirgani uchun qo‘lga tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu — so‘nggi besh oy ichida Pennning kamida beshinchi marta ushlanishi. U hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan va ertasi kuni unga rasmiy ayblov qo‘yilgan. Garov mablag‘i $2000 etib belgilangan va sportchi uni to‘lab, ozodlikka chiqqan.
Shu bilan birga, MMA veterani Kapgra sindromi bilan og‘rishi aytilmoqda. Bu noyob ruhiy buzilish bo‘lib, inson yaqinlarini go‘yoki ularning qalbaki nus'halari bilan almashtirilgan deb o‘ylaydi. Penn avval ham o‘z oila a’zolarini hukumat agentlari deb atagan va ular uning mulkini tortib olishga harakat qilayotganini iddao qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!