date

Mourino: Men endi «Benfika» bilan birga yashayman, kuchimni shu yerga sarflayman

Mourino: Men endi «Benfika» bilan birga yashayman, kuchimni shu yerga sarflayman

Joze Mourino o‘zining ilk bayonotida «Benfika» klubini dunyoning eng yirik va nufuzli jamoalaridan biri sifatida e’tirof etdi.

«Hissiyotlarim juda ko‘p, ammo menda bu tuyg‘ularni nazorat qilish va to‘g‘ri yo‘naltirish uchun yetarlicha tajriba bor. Klub rahbariyati va ishonch bildirgan barcha insoniyatga minnatdorchilik bildiraman.

Men portugaliyalikman va «Benfika» bilan oramizdagi tarixni, madaniyatni hamda klubning masshtabi qanday ekanini bilmaydigan inson yo‘q. Bu yerda o‘z vazifamni sidqidildan bajarishga va barcha diqqat-e’tiborimni ishimga qaratishga harakat qilaman.

«Benfika»dan ketganimga 25-yil bo‘libdi. Shu vaqt mobaynida faoliyatimni qayta tiklash uchun emas, balki katta yo‘l bosib o‘tgan murabbiy sifatida qaytdim. Bu yigirma besh yil davomida dunyoning eng yirik va mashhur klublarida ishladim. Ammo shu guruhdagi hech bir jamoa menga «Benfika»dek kuchli ruh va ishtiyoq bermagan.

Men endi «Benfika» bilan birga yashayman, shu klubning manfaati uchun mehnat qilaman va barcha kuchimni shu yerga sarflayman», – deya ta’kidladi Mourino.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino: Men endi «Benfika» bilan birga yashayman, kuchimni shu yerga sarflayman